Jurnal saytingizni tiklaymiz

Sayt ochilmay qolsa yoki buzilsa: sababini topamiz, saytni tozalab, qayta ishga tushiramiz.

Saytni tiklash

1 mln so'm

Domen va hosting narxga kirmaydi.

Nimalar kiradi

Saytni tiklash

1 mln so'm

Jurnal sayti ochilmay qolgan yoki buzilgan bo'lsa: sababini aniqlab, zararli komponentlarni tozalab, saytni qayta ishga tushiramiz.

  • Sayt va serverni diagnostika qilish, ochilmay qolish sababini aniqlash
  • Buzilgan yoki o'zgartirilgan fayllarni tekshirish
  • Zararli fayl va kodlarni aniqlab, tozalash
  • Administrator hisoblari va kirish nuqtalarini tekshirish, parollarni almashtirish choralari
  • OJS va serverdagi xavfsizlik zaifliklarini aniqlash
Yana 3 ta ish kiradi
  • Zaxira nusxa mavjud bo'lsa, ma'lumotlarni tiklash
  • Saytning normal ishlashini qayta tiklash
  • Takroriy buzilish xavfini kamaytirish uchun bazaviy xavfsizlik choralari

Ma'lumotlarni tiklash hajmi zaxira nusxa mavjudligiga bog'liq.

Batafsil ma'lumot

Sayt nima uchun ochilmay qoladi?

Sabab har doim ham zararli kod bo'lavermaydi. Eng ko'p uchraydiganlari:

  • Domen yoki hosting muddati tugagan
  • Server xotirasi to'lgan yoki ma'lumotlar bazasi xatosi paydo bo'lgan
  • OJS yoki plagin yangilanishidan keyin sayt ishlamay qolgan
  • Saytga virus yoki zararli kod tushgan, hosting provayderi uni bloklagan

Sayt buzilganini qanday bilish mumkin?

Quyidagilardan biri kuzatilsa, saytni tekshirish vaqti kelgan:

  • Sahifalarda begona reklama paydo bo'lgan yoki sayt boshqa manzilga o'tkazib yuboryapti
  • Qidiruv natijalarida saytingiz yonida ogohlantirish yoki begona matnlar ko'rinadi
  • Administrator paroli ishlamayapti yoki noma'lum foydalanuvchilar paydo bo'lgan
  • Serverda tanish bo'lmagan fayllar bor yoki sayt g'ayritabiiy sekinlashgan

Biz nima qilamiz

Ish diagnostikadan boshlanadi:

  • Sayt va serverni tekshirib, ochilmay qolish sababini aniqlash
  • Zararli fayllar va kodlarni topib, tozalash
  • Administrator hisoblari va kirish nuqtalarini tekshirish, parollarni almashtirish choralari
  • OJS va serverdagi xavfsizlik zaifliklarini aniqlash
  • Zaxira nusxa mavjud bo'lsa, ma'lumotlarni tiklash
  • Takroriy buzilish xavfini kamaytirish uchun bazaviy xavfsizlik choralari

Narx

Saytni tiklash xizmati 1 mln so'm.

Zaxira nusxa nega muhim?

Tiklash ko'lami zaxira nusxa mavjudligiga bog'liq. Buzilmagan nusxa bo'lsa, ma'lumotlarni tiklash sezilarli tezlashadi; bo'lmasa ish hajmi ortadi. Shu sababli zaxira nusxani muntazam olib, sayt serveridan boshqa joyda saqlash tavsiya etiladi.

Buzilishdan oldin nima qilish kerak?

Ko'p buzilishlar eskirgan dasturlar va zaif parollar orqali bo'ladi. Quyidagi odatlar xavfni sezilarli kamaytiradi:

  • OJS, plaginlar va server dasturlarini yangilab turing (OJS yangilashni biz ham bajaramiz)
  • Har bir xizmat uchun murakkab va noyob parol ishlating
  • Muntazam zaxira nusxa oling va uni sayt serveridan boshqa joyda saqlang
  • Keraksiz plagin va foydalanuvchi hisoblarini o'chiring

Savollar

Sayt ochilmay qolsa birinchi navbatda nima qilish kerak?

Domen va hosting muddati tugamaganini tekshiring. Virus gumon qilinsa, OJS, hosting, server va elektron pochta parollarini boshqa, toza qurilmadan almashtiring. Mavjud zaxira nusxalarni saqlang va hech narsani o'chirmang: ular diagnostika uchun kerak bo'ladi. Keyin bog'laning.

Saytni tiklash qancha turadi?

Xizmat 1 mln so'm.

Zaxira nusxa bo'lmasa, saytni tiklab bo'ladimi?

Zaxira nusxa bo'lmasa ish hajmi ortadi va natija holatga bog'liq: ba'zan ma'lumotlar bazasi yoki fayllarni qisman tiklash mumkin, ba'zan esa yo'q. Aniq javob diagnostikadan keyin beriladi.

Keyin sayt yana buzilmaydimi?

Tiklashdan keyin takroriy buzilish xavfini kamaytirish uchun bazaviy xavfsizlik choralari ko'riladi. Mutlaq himoya bo'lmaydi: uzoq muddatli xavfsizlik uchun OJS'ni yangilab turish va muntazam zaxira nusxa olish tavsiya etiladi.

Buyurtma berish

Ism va telefon raqamingizni qoldiring. O'zimiz bog'lanamiz.

Ma'lumotlaringiz faqat qayta aloqa uchun ishlatiladi va saytda saqlanmaydi.