Ilmiy jurnal uchun OJS sayt yaratish

OJS: maqola qabul qilish, taqriz va chop etish bitta saytda. Uni jurnalingiz uchun o'rnatib, sozlab topshiramiz.

Oddiy

2,5 mln so'm

Premium

5 mln so'm

Domen, hosting, davlat boji va Crossref kabi uchinchi tomon to'lovlari narxga kirmaydi.

Nimalar kiradi

Oddiy

2,5 mln so'm

Jurnalni OJS tizimida ochib beramiz: jurnalni tez va tejamkor ishga tushirish uchun.

  • OJS tizimini serverga o'rnatish
  • Jurnal nomi va asosiy ma'lumotlarini kiritish
  • Jurnalning asosiy strukturasi va bo'limlarini sozlash
  • Maqola yuborish funksiyasini sozlash
  • Muallif, muharrir va administrator rollarini sozlash
Yana 3 ta ish kiradi
  • Saytning mobil qurilmalarda to'g'ri ishlashini tekshirish
  • SSL sertifikatini ulash va HTTPS orqali ishlashini sozlash
  • Saytni ishchi holatda topshirish

Muhim: domen va hosting buyurtmachi tomonidan mustaqil xarid qilinadi va ularning narxi tarifga kirmaydi.

Premium

5 mln so'm

Oddiy tarifdagi hamma ish hamda jurnal ko'rinishini moslash va tahririyat sahifalarini shakllantirish.

  • Oddiy tarifining barchasi
  • Bosh sahifani jurnal yo'nalishiga moslashtirish
  • Jurnal logotipi va mavjud vizual materiallarini joylashtirish
  • Asosiy menyularni shakllantirish
  • Tahrir hay'ati sahifasini shakllantirish
Yana 4 ta ish kiradi
  • Mualliflar uchun talablar sahifasini sozlash
  • Tahrir siyosati va asosiy axborot sahifalarini joylashtirish
  • Jurnal sonlari va maqolalarni chop etish tizimini ishga tayyorlash
  • Email xabarnomalari va tizim bildirishnomalarini sozlash

Muhim: domen va hosting buyurtmachi tomonidan alohida xarid qilinadi.

Batafsil ma'lumot

OJS nima va nima uchun aynan u?

OJS ilmiy jurnallarni onlayn yuritish uchun keng tarqalgan ochiq platforma. Unda maqola yuborish, muharrir va taqrizchilar bilan ishlash, sonlarni shakllantirish va arxivni saqlash bitta tizimda boshqariladi. Xalqaro indekslar ham jurnalning to'g'ri ishlaydigan, tartibli saytini talab qiladi, shuning uchun jurnal ochishda sayt odatda birinchi qadamlardan biri bo'ladi.

Qaysi tarifni tanlash kerak?

Oddiy yangi jurnal tashkil qilayotganlar yoki sodda OJS saytiga ehtiyoji bo'lgan tahririyatlar uchun, jurnalni tez ishga tushirish imkonini beradi (2,5 mln so'm). Premium bosh sahifa va menyularni jurnalga moslash, logotip, tahrir hay'ati va mualliflar uchun sahifalar, email xabarnomalari kerak bo'lganlar uchun (5 mln so'm). Qaysi tarif mosligini bilmasangiz, ariza qoldiring, yo'naltirib yuboramiz.

Tarifga nima kirmaydi

Narxlar ochiq va yashirin to'lov yo'q. Lekin quyidagi xarajatlar tarifdan tashqarida:

  • Domen va hosting buyurtmachi tomonidan mustaqil xarid qilinadi va to'lanadi
  • OAV guvohnomasi bilan bog'liq davlat boji va boshqa rasmiy yig'imlar
  • Crossref membership va DOI registratsiyasi uchun Crossref'ning o'z to'lovlari

Ish qanday kechadi

Jarayon to'rt bosqichda olib boriladi:

  • Bog'lanish: telefon yoki Telegram orqali ehtiyojingizni aniqlab, mos tarifni taklif qilamiz
  • Kelishuv: narx, ish hajmi va muddat oldindan kelishiladi
  • Ishga tushirish: OJS'ni o'rnatamiz, sozlaymiz va jurnalingizga moslaymiz
  • Topshirish va o'rgatish: tayyor saytni topshiramiz va tahririyat panelidan foydalanishni o'rgatamiz

Saytdan keyin nima kerak bo'ladi?

Sayt jurnalning poydevori. Keyingi qadamlar jurnal maqsadiga bog'liq: davlat ro'yxatidan o'tkazish, xalqaro raqam va maqolalarga DOI. Ularni alohida xizmat sifatida buyurtma qilish mumkin:

  • OAV guvohnomasini olish: 5 mln so'm
  • ISSN uchun ariza tayyorlash va topshirish: 3 mln so'm
  • Crossref membership uchun ariza: 3 mln so'm
  • DOI ni OJS saytiga ulash: 2 mln so'm

Savollar

OJS sayt nima va nega kerak?

OJS (Open Journal Systems) ilmiy jurnallar uchun ochiq platforma. Maqola qabul qilish, taqriz, chop etish, sonlar va arxiv bitta saytda boshqariladi. Xalqaro indekslar ham jurnalning to'g'ri ishlaydigan saytini talab qiladi.

Tariflar o'rtasidagi farq nima?

Oddiy (2,5 mln so'm): OJS'ni o'rnatish, jurnal strukturasini sozlash va saytni ishchi holatda topshirish. Premium (5 mln so'm): Oddiy tarifning barchasi hamda bosh sahifa va menyularni moslash, logotipni joylashtirish, tahrir hay'ati va mualliflar uchun sahifalar, email xabarnomalari.

Tarif narxiga nima kiradi, yashirin to'lov bormi?

Har bir tarifga kiradigan ishlar ushbu sahifada to'liq ko'rsatilgan, yashirin to'lov yo'q. Domen va hosting, davlat boji va Crossref to'lovlari kabi uchinchi tomon xarajatlari tarifga kirmaydi.

OJS sayt qancha vaqtda tayyor bo'ladi?

Muddat tanlangan tarif va ish hajmiga bog'liq: Oddiy tarif eng tez ishga tushadi, Premium dizayn va sahifalar ishlari hisobiga ko'proq vaqt oladi. Aniq muddat buyurtma paytida kelishiladi.

Domen va hosting kerakmi?

Ha. Domen hamda hosting buyurtmachi tomonidan xarid qilinadi va to'lanadi. Zarur hollarda texnik talablar bo'yicha tavsiya beriladi.

Sayt telefonda ishlaydimi va HTTPS bormi?

Ha. Oddiy tarifning o'ziga saytning mobil qurilmalarda to'g'ri ishlashini tekshirish hamda SSL sertifikatini ulash va HTTPS orqali ishlashini sozlash kiradi.

Buyurtma berish

Ism va telefon raqamingizni qoldiring. O'zimiz bog'lanamiz.

Ma'lumotlaringiz faqat qayta aloqa uchun ishlatiladi va saytda saqlanmaydi.