
Scopus - ilmiy dunyoning Qabul imtihoni. Jurnaliz tayyor mi?
Bir jurnal muharriri 3 yil davomida Scopus uchun tayyorgarlik ko'rdi.
Maqolalar sifatini oshirdi. Tahririyat kengashini kengaytirdi. Saytni qayta qurdi.
Ariza yubordi.
Javob keldi: rad etildi.
Sababi? Iqtiboslar "kutilgandan past" edi. Va mualliflar xalqaro xilma-xillikka ega emasdi.
Bu haqiqiy holat — bir jurnal Scopus'ga kirish uchun uch marta ariza berdi. Birinchi ikki marta rad etildi.
Tayyorgarliksiz ketgan vaqt — qaytmaydi.
Scopus nima — va nima uchun u "shunchaki indeks" emas?
Scopus — dunyodagi 25,000 dan ortiq ilmiy jurnalni o'z ichiga olgan eng yirik peer-review adabiyot bazasi. Times Higher Education, QS va boshqa universitetlar reytingi Scopus ma'lumotlariga asoslanadi.
Demak Scopus'da bo'lish — bu faqat ko'rinish emas.
Bu universitetlar reytingiga ta'sir. Bu mualliflarning dissertatsiya va ilmiy unvon olishidagi asosiy mezon. Bu grant arizalarida "qaysi jurnalda chop etilgan?" savoliga javob.
O'zbekistonning ko'plab universitetlarida professorlik, doktorlik, ilmiy unvon olish uchun Scopus maqolasi talab qilinadi.
Sizning jurnaliz Scopus'da bo'lmasa — sifatli mualliflar sizga kelmaydi. Chunki ularga Scopus maqolasi kerak, sizniki esa hisoblanmaydi.
Scopus hamma jurnalni olmaydi — bu yerda ko'pchilik yanglishadi
Scopus — ochiq eshik emas. Uni boshqaruvchi CSAB — Content Selection and Advisory Board — chuqur soha bilimiga ega tajribali tadqiqotchilar va muharrirlardan iborat mustaqil kengash bo'lib, har bir jurnalni miqdoriy ham, sifat jihatdan ham baholaydi.
Amalda ko'p hollarda jurnal bitta mustaqil ekspert tomonidan ko'rib chiqiladi — bu shaxs jurnal saytini, sonlarini, maqolalar sifatini va ariza shaklini tekshiradi. Qaror qisman subyektiv bo'lishi mumkin.
Ya'ni — hamma narsa qog'ozda to'g'ri bo'lsa ham, taqdimot noto'g'ri bo'lsa, rad etilishi mumkin.
5 ta mezon — barchasida "a'lo" bo'lish kerak
Scopus CSAB jurnalni 5 ta asosiy kategoriya bo'yicha baholaydi: jurnal siyosati, kontent sifati, iqtibosdorlik, muntazamlik va onlayn mavjudlik.
Bularning har birini alohida ko'ramiz:
1. Jurnal siyosati Peer-review jarayoni ommaviy va batafsil tasvirlangan bo'lishi shart. Nashr etika va yomon amaliyotlarga qarshi bayonot saytda ochiq ko'rinishi kerak. Inglizcha annotatsiya va sarlavhalar — majburiy.
2. Kontent sifati Maqolalar ilmiy jihatdan puxta, sohaga mos va xalqaro auditoriyaga foydali bo'lishi kerak. Juda keng yoki juda tor mavzu — salbiy signal.
3. Iqtibosdorlik Boshqa Scopus jurnallari sizning maqolalaringizga havola qilyaptimi? Bu eng og'ir mezon — uni sun'iy oshirish imkonsiz. Faqat sifat bilan erishiladi.
4. Muntazamlik Chiqish jadvali barqaror bo'lishi kerak. Bir yil chiqib, bir yil to'xtagan jurnal — ishonchsiz signal.
5. Onlayn mavjudlik Har bir maqola o'zining URL'iga ega bo'lishi, to'liq matn yoki annotatsiya erkin ochiq bo'lishi shart. ISSN ro'yxatdan o'tgan bo'lishi — majburiy talablardan biri.
Yangilik: 2 yillik cheklov olib tashlandi
2024 yil avgustgacha Scopus'ga ariza berish uchun jurnal kamida 2 yil nashr qilingan bo'lishi shart edi. Bu talab olib tashlandi — endi yangi jurnallar ham ariza bera oladi.
Bu sizga nima beradi? Vaqtni yo'qotmasdan, to'g'ri tayyorlanib erta ariza berish imkoniyati.
Lekin diqqat: rad etilgan jurnal qayta ariza berish uchun embargo muddatini kutishi kerak. Tayyorgarliksiz yuborilgan ariza — oylab vaqt yo'qotish.
Ko'pchilik nima sababdan rad etiladi?
Haqiqiy rad etish sabablari: iqtiboslar past, mualliflar xalqaro xilma-xillikka ega emas, nashr jadvali yiliga bir son, muallif ko'rsatmalari noaniq, va kontent sifati past.
Bularning ko'pchiligi — oldindan bilsangiz, oldini olish mumkin bo'lgan muammolar.
Bilmasangiz — ariza yuborasiz. Rad etilasiz. Embargo boshlanadi. Va siz hali ham eski joyingizda turasiz.
Jarayon qanday ketadi?
Scopus'ga ariza berish uchun:
Scopus saytida mavjud jurnallar ro'yxatini tekshirish — jurnalingiz yo'qligini tasdiqlash
Barcha texnik talablarni bajarish — ISSN, peer-review tavsifi, etika bayonoti, inglizcha annotatsiyalar
Scopus Title Suggestion Form to'ldirish — ariza qoralama sifatida saqlanadi va istalgan vaqt davom ettiriladi
CSAB ko'rib chiqishi — muddati aniq emas, ammo jarayon kuzatilishi mumkin
Qabul yoki rad — rad bo'lsa, embargo muddati boshlanadi
Scopus'ga kirish — bu sprint emas, marat'on
Ko'p muharrirlar "ariza yuborsak bo'ldi" deb o'ylaydi.
Aslida Scopus — bu jurnalingiz yillar davomida to'plagan sifat darajasini baholaydi. Bir kunda tayyorlab bo'lmaydi.
Lekin to'g'ri yo'l bilan borsangiz — bu maqsad erishish mumkin.
Biz buni siz bilan birga qilamiz
jurnal-konsalting.uz jamoasi:
✔️ Jurnalingizni Scopus talablariga to'liq audit qilish
✔️ 5 ta mezon bo'yicha kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish
✔️ Peer-review jarayoni, etika bayonoti, muallif ko'rsatmalarini sozlash
✔️ Ariza shaklini professional to'ldirish
✔️ Jarayon davomida doimiy maslahat
Birinchi audit — bepul.
Oyiga faqat 5 ta jurnal qabul qilinadi.
Scopus ariza berish bepul. Lekin tayyorgarliksiz yuborilgan ariza — embargo bilan tugaydi. Biz siz bilan to'g'ri tayyorlanishni boshlaylik.
Maqola yoqdimi?
Do'stlaringizga ham ulashing


